KUTUBXONA
Muallif: admin
AYOLIGA YENGILGAN SHOIR
Bir shoirning ayoli matematika o‘qituvchisi ekan. Shoirligi tutib, unga gap qotib qolibdi: – Ikki karra ikki nechchi bo‘ladi?– Nima, shuni ham bilmaydi, deb o‘ylaysizmi? – debdi xotini.– Bilsang, ayt.– Ikki karra ikki to‘rt bo‘ladi, albatta.– To‘ppa-to‘g‘ri, – debdi u, – lekin: Ikki karra ikki to‘rt bo‘ladi,Xotinlar miyasi mo‘rt bo‘ladi. Bu she’rni to‘qiganiga xursand bo‘lib, g‘olib […]
16.04.2026 | 16:32
2077
GAZETA KASALLIK TARQATARMISH…
Bu voqeaga ancha bo‘lgan. Ta’tilda biznikiga kelgan jiyanim sho‘xlik qilib, qo‘radagi qo‘ylarni ham bezor qildi. Shunda otam uydan gazeta olib chiqib, qo‘raning simto‘riga o‘qiladigan holda katta qilib osib qo‘ydi, so‘ng jiyanni chaqirishimni buyurdi. Jiyanim qo‘raga yoyib qo‘yilgan gazetani ko‘rib, “Nega qo‘yxonaga gazeta ilib qo‘yilgan?” deb so‘raganida, otam: “Sen ta’tilingni bekor o‘tkazyapsan. Qara, men o‘qib bo‘lgan […]
16.04.2026 | 14:01
802
NARX-NAVO RAQQOSAMU?
Qishdanam chiqvoldig-ey! O‘riklar gullab, redis bilan ko‘kpiyozni pullab, xiyla yuzimizga qon yugurdi. Dehqonning qo‘liga pul tushmasin-da: yo “uyni ko‘taraman”ga tushadi, yo to‘y qilgisi kepqoladi. Meniyam qo‘lim qichib, tomni ochib yuborsammi deb yurgan kunlarim. Xotin zoti tozi itday sezgirmasmi, darrov palakatning hidini olib, tashlanib qoldi: “Buncha hovliqmang, xo‘jayin, hozircha tomingiz joyida, yaxshisi butun pulni pachaqlamay, Qumtepadan […]
16.04.2026 | 12:18
719
Asosiy
QONDA BITILGAN MAKTUB
Qatag‘on mashinasi qurboni bo‘lganlar orasida toshkentlik A’zamxo‘ja Burhonxo‘jayev ham bor edi. Respublika miqyosidagi taniqli arboblardan bo‘lgan bu inson 1937-yili Fayzulla Xo‘jayev va Akmal Ikromovning “dumi” sifatida hibsga olinadi va shu ketganicha uyiga qaytmaydi… A’zamxo‘ja Burhonxo‘jayev qamalganidan so‘ng, uning hovlisi tortib olinadi, oila boshpanasiz qoladi. Olti nafar bola bilan xor-zor bo‘lgan ona “Otchopar” mahallasida buvilaridan meros […]
16.04.2026 | 10:01
947
Asosiy
TUHMAT TOSHNI YORADI
1938-yil 5-oktyabr kuni Toshkentda navbatdagi hukm ijro etildi. SSSR prokurori Vishinskiy qarori bilan yana bir mahkum – endigina 35 yoshni qarshi olgan Andijon farzandi Komiljon Alimov qatlgohda otib tashlandi. U asli kim edi? Bu savolga javob izlash asnosida uning qisqa, biroq ziddiyatlarga to‘la hayot yo‘li va faoliyatiga yuzlanamiz. Komiljon Alimov 1903-yili Andijon shahri Eski Kapa […]
15.04.2026 | 17:07
1083
YANGI ZAMON ILMI
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat AYUPOV bilan suhbat – Fanlar akademiyasi har bir davlatning yetakchi ilmiy-tajriba markazi, ilmiy salohiyati ko‘zgusidir. Garchi O‘zbekistonda Fanlar akademiyasi 1943-yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari ming yilga borib taqalishiga tarix guvoh. Shunday emasmi, ustoz? – To‘g‘ri mulohaza yuritdingiz. Birinchi Sharq Renessansi (IX–XII asr) avvalida Muhammad Xorazmiy, Ahmad […]
15.04.2026 | 16:06
1639
TEMURBEK NAVKARLARI XIROVULNING YANGI AVLODI
Favqulodda vaziyatlar tabiiy va texnogen xususiyatga ega holatlar bo‘lib, ularga zilzila, sel-u suv toshqinlari, yong‘inlar, ko‘chkilar, kuchli shamol-u bo‘ronlar, shuningdek, ishlab chiqarishdagi avariyalar va boshqa turdagi ofatlar kiradi. Ular kutilmaganda yuz bergani uchun xavfni bartaraf etish tezkor hamda puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ushbu materialni tayyorlash uchun hududga yuborilgan jurnalist ham belgilangan manzilga oldindan ogohlantirishlarsiz yetib […]
15.04.2026 | 14:49
2132
QALTIS “SVETOFOR”LAR
BU POYGADA HAMMAMIZ OT CHOPTIRIB KO‘RGANMIZ Ustoz Abdulla Orif: “Millat, bir qarasang, boboga o‘xshaydi, bir qarasang, yosh bolaga o‘xshaydi. Shuning uchun uni svetofordan o‘tayotganda, ehtiyot bo‘lib o‘tkazib qo‘yish kerak”, degandi hazil aralash. Farosat bilan qarasangiz, bizning chekimizga tushgan XXI asrning qaltis, chalg‘ituvchi “svetofor”lari ko‘p ekan. Ular har qadamda, har xil shaklda uchraydi. Bu svetoforlarning ba’zida […]
15.04.2026 | 13:52
886
BIR KISHI O‘QIYOTGAN KITOBLAR
Kuzatilayotgan manzara Ustoz jurnalist Mahmud Sa’diy ayrim olimlarni kimgadir tanishtirganda, oshkora istehzo bilan shunday derdi: “Bu kishim juda mashhur olim, darsliklari, monografiyalari, hatto o‘quv qo‘llanmalarini ham kamida uch kishi yoppasiga o‘qiydi”. Gapning kesatiq ekanini anglamagan odamning xayoliga, ajablanganidan shunday savollar keladi: Nega uch kishi? Butun boshli kitobni-ya? Gʻalati emasmi? Unda bu kitobning nashr etilganidan nima […]
15.04.2026 | 10:36
719
CHO‘QQILAR SARI
“Osmon ustuni” deb ta’riflangan Tibet tog‘lari yelkalaridagi maktablardan biri dengiz sathidan qariyb besh yarim ming kilometr balandlikda joylashgan ekan. O‘quvchilar sportchilar ham ko‘tarilishga qiynaladigan cho‘qqidagi ta’lim maskaniga har kuni bilim olish uchun chiqib-tushishi hech kimni hayratga solmaydi. Pxumachanglik bilimsevar bolalarning ishtiyoqini na issiq, na sovuq susaytira oladi. Rost, insonda qiziqish va ishtiyoq uyg‘otilsa, u har […]
15.04.2026 | 09:19
736
NEGA SUQSURDAY DEYMIZ?
Xalqimizda chiroyli, kelishgan, go‘zal qizlarga nisbatan “Suqsurday qiz bo‘pti”, “suqsurdakkina” degan iboralar qo‘llanadi. Bir qarashda bu so‘zda suq so‘zi borligi uchun “suq tegadigan darajada chiroyli” deb ham o‘ylash mumkin. Qizlarga suqsurday deb beriladigan ta’rifdagi suqsur so‘zining ma’nosini hamma ham bilavermaydi. Shuning uchun suqsur so‘ziga alohida to‘xtalyapman. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘zga shunday izoh bor: […]
14.04.2026 | 18:12
2357
DEVONIYNING DARAKSIZ DEVONI
Xiva xonligi saroyida nufuzli hunar egalaridan biri muhrkon hisoblangan. Bu kasb egasi xon, vaziri akbar, devonbegi, qozikalon, muftiy, qal’a hokimlari, raiyat qozilari uchun muhrlar yasagan. Muhrlar odatda qattiq yog‘ochdan, ko‘p hollarda hayvon suyaklaridan yasalgan. Fil suyagidan yasalgan muhrlar kamyob bo‘lib, bu ayni paytda muhr egasining ijtimoiy-iqtisodiy nufuzini ham belgilagan. Xiva xonligi taxtida eng ko‘p o‘tirgan […]
14.04.2026 | 15:38
794
MIYADAGI GPS TIZIMI KASHSHOFLARI
2014-yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ikkiga bo‘lindi, yarmi Jon Okifga, yarmi Mey-Britt Mozer va Edvard Mozerga “Miyada joylashuv tizimiga javob beruvchi hujayralarni kashf etganliklari uchun” berildi. Tadqiqot miyada “ichki GPS”, ya’ni joylashuv va harakatlanishni boshqaruvchi neyron tizim mavjudligining ilmiy isboti bo‘ldi. Bu kashfiyot inson xotirasi, fikrlash va muhitni idrok etish mexanizmlarini tushunishda yangi […]
14.04.2026 | 12:24
663
QODIRIYNING KITOBI CHIQDI
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Samariddin Qodiriyning hikoya va ertaklarini o‘qidim. To‘g‘risi, ko‘ngilda bir yorug‘lik, yosh qalam egasining yozganlaridan umid paydo bo‘ldi. Bu kichik asarlarda bolalar tafakkuriga mos beg‘uborlik, soddalik seziladi. Uning dunyoga bola nazari bilan qarayotgan turli ismdagi qahramonlari pokizalik va to‘g‘rilik, haqiqat va adolat tarafdorlaridir. Bu juda zarur mezon. Ayrim hikoyalar “Nima […]
14.04.2026 | 10:17
1801
YIG‘I
Og‘zingga qon kelsayam, dushman oldida tupurma.Hikmat. O‘g‘lim JAMSHIDga Men rahmsiz emasman. Afg‘ondagi bosmachilargayam munosabatim aniq edi. Ammo, o‘sha yerda xizmat qilayotganimda bir voqea sodir bo‘ldiki, hali-hamon uning mag‘zini chaqolmas edim. Biz krepostda turardik. Toshdan yasalgan qo‘rg‘onda. Devoridan odamning boshi ko‘rinadi. Devor ortidagi maydonga vertolyotlar kelib qo‘nardi, biz kechasi ularni qo‘riqlardik. Kunduzi har xil topshiriqlarni bajarardik. […]
13.04.2026 | 17:02
490
Asosiy
O‘T-ALANGA ICHIDA
Har gal arxiv hujjatlariga yuzlanar ekanmiz, mudhish qatag‘on yillaridagi tergov ishlari va ayblov xulosalarida bir xil manzara bot-bot ko‘zga tashlanadi. Turli qatlam, turli kasb egalari – u xoh ishchi, dehqon bo‘lsin, xoh savdogar yo hisobchi, xoh jamoat arbobi – kim bo‘lmasin, yoppasiga “xalq dushmani”ga chiqarilgan. Ular go‘yoki “aksilinqilobiy tashkilot”ga a’zo, “millatchi guruh” faoliyatida ishtirokchi yoki […]
13.04.2026 | 15:55
726
“BIZ – O‘ZBEKNING YUZIMIZ”
Suhbatdoshimiz: Nodirjon FATXULLAYEV. Toshkentda tug‘ilib o‘sgan. Yevropadagi eng nufuzli, dunyo bo‘yicha top universitetlar qatoridan o‘rin olgan Karlov universiteti umumiy tibbiyot yo‘nalishi talabasi. Universitet hayotida faol: akademik senat a’zosi sifatida universitet darajasidagi qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadi. Tibbiyot talabalari xalqaro uyushmasi koordinatori. Chexiyadagi o‘zbekistonlik talabalar va yoshlar assotsiatsiyasi a’zosi. Shuningdek, “Studensmedicus” blogini ham yuritadi. – Nodirjon, […]
13.04.2026 | 14:48
627
“ADOLAT HAR BIR ISHDA HAMROHIMIZ VA DASTURIMIZ BO‘LSIN!”
Chin Istiqlol tufayli xalqimiz o‘z tarixini, o‘tmishini va ulug‘ ajdodlarini qaytadan kashf etish imkoniga ega bo‘ldi. Shunday buyuk shaxslardan biri – Amir Temur hazratlaridir. Kecha, 9-aprelda Sohibqiron tavallud kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Amir Temur haykali […]
10.04.2026 | 14:02
494
QADRIYATMI, MAJBURIYAT?
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida mahzun sahna bor: “Bahor devorlarning oftobro‘ya etaklaridan boshlanmaydi. Bahor ariqlarning kungay sohillaridan boshlanmaydi. Bahor go‘ristondan boshlanadi. Ilk maysalar mungli do‘ppaygan qabrlar yonboshidan unib chiqadi. To‘ng‘ich chuchmomalar eng avval sukutga cho‘mgan qabriston ustida ma’yus qo‘ng‘irog‘ini chaladi. Bag‘ri qon qizg‘aldoqlar birinchi bo‘lib mana shu yerda ochiladi. Kim bilsin, tabiatning marhumlar ruhiga yilda […]
08.04.2026 | 15:49
2866
QONUN KUCHAYMOQDA. ANDISHA-CHI?
Sharq jamiyatini tartibga solgan asosiy kuch azaldan axloq bo‘lib kelgan. Asrlar davomida andisha, uyat, or-nomus, hayo, iymon, vijdon kabi tushunchalar xalqimizning ma’naviy qonuni hisoblangan. Inson qonundan qo‘rqib emas, odamlardan uyalgani, andisha qilgani uchun huquqbuzarlik va jinoyatga qo‘l urmagan. Avval andisha, or-nomus bilan hal qilingan masalalar taraqqiyot jarayonida qonun va jazo bilan tartibga solinadigan jinoyatlar ro‘yxatiga […]
08.04.2026 | 14:13
2561
“SIZLARNI YUZ YIL KUTDIK!”
O‘tgan asrning 60–80-yillarida yurtdoshlarimizdan kimdir xorijiy mamlakatga sayohat qilsa, u albatta o‘z safari taassurotlarini qog‘ozga tushirib, matbuotda e’lon qilishga oshiqardi. Havasmand o‘quvchilar bu kabi maqolalarni qiziqish bilan mutolaa qilar, o‘zlari ko‘rmagan-bilmagan yurtlar haqida ma’lumot olishga intilardi. Zero, sobiq tuzum davrida kishilarning xorijga chiqishi anqoning urug‘idek noyob hol edi. Bugun esa mustaqillik va erkinlik sharofati bilan […]
08.04.2026 | 12:14
2183